“O’zpartamponaj” AJ to’g’risida!

       «O’zpartamponaj”» AJ («O’zpartamponaj» aksiyadorlik jamiyati) neft-gaz konlarida burg’ulangan quduqlarga tushirilgan mustahkamlovchi va ekspluatatsion quvur atrofini tsementlash, ularni o’zlashtirish, burg’u qorishmalarini tayyorlash, quduqlarni to’la ta’mirlash, maxsus tamponaj texnikasi va avtotransport bilan ta’minlab kelmoqda. Buxoro viloyati, Qorovulbozor shahrida joylashgan. «O’zbekneftgaz» MXK ga qarashli «O’zgeoburg’uneftgaz» AK tarkibiga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan keyin  “O’zbekneftegaz” Miliy Xolding Kompaniyaning 1999 yil 18 oktyabrdan 125-sonli buyrug’i va “O’zburg’uneftegaz” aktsiyadorlik kompaniyasining 1999 yil 21 oktyabrdagi 174-v sonli buyrug’iga asosan “O’zpartamponaj” ochiq aktsiyadorlik jamiyati bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda. “O’zpartamponaj” AJ tasarrufida chorvador yordamchi xo’jaligi va NTM «Buxoro o’quv kursi kombinati» mavjud. “O’zpartamponaj” AJ tassarrufida jami 85 dona avtotransport vositasi bo’lib, ACHF-1050,  АCGF-700, АCHF-400, СС-952, SN-400, АNTS-320, TSА-320, SMN-20, БМ-700, СKTS-2М maxsus tamponaj texnikalari va avtotransport vositalari yordamida ish va xizmatlarni ko’rsatib keladi. Shundan 65 dona maxsus maxsus tamponaj texnikasi, shundan 5 donasi “Koson NGQE” MCHJdan ijaraga olingan, 6 dona yuk tashuvchi avtomashina, 6 dona avtobus, 6 dona yoqilg’i moylash maxsulotlari, texnik suv, neft va boshqa kimyoviy reagentlar tashuvchi avtotsesternalar hamda 2 ta yengil avtomashinalardan iborat.

O`xshash malumotlar ...