“O’zpartamponaj” Aktsiyadorlik Jamiyati to’g’risida MA’LUMOT
“O‘zpartamponaj” AJ («O‘zpartamponaj» aksiyadorlik jamiyati) Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida joylashgan.
“O‘zpartamponaj” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 2014 yil 6 maydagi O‘RQ-370-sonli qonini, korporativ boshqaruv Kodeksi va boshqa meyoriy-huquqiy xujjatlarga muvofiq olib boradi.
Jamiyatni tashkil etishning asosiy maqsadi-daromad olish va O‘zbekiston Respublikasida bozor infrastrukturasini barpo etish, neft va gaz quduqlarini mustaxkamlash.
Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishi:
– neft va gaz quduqlarini sementlash va mustaxkamlash jarayonida maxsus texnika bilan xizmat ko‘rsatish.
“O‘zpartamponaj” aksiyadorlik jamiyati ustav fondi (ustav kapitalining) miqdori 718 029 000 so‘mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 85 so‘m bo‘lgan 8 447 400 dona oddiy aksiyalarga bo‘lingan.
“O‘zpartamponaj” AJ tasarrufida “Buxoro o‘quv kursi kombinati” nodavlat ta’lim muassasasi mavjud.
“O‘zpartamponaj” AJ neft va gaz konlarida burg‘ulangan quduqlarga tushirilgan mustahkamlovchi va ekspluatatsion quvur atrofini sementlash, ularni o‘zlashtirish, burg‘ulash qorishmalarini tayyorlash, quduqlarni to‘la ta’mirlash ishlarida maxsus tamponaj texnikasi va avtotransport bilan ta’minlab kelmoqda.
“O‘zpartamponaj” AJ Respublika bo‘yicha neft va gaz qidiruv – burg‘ulash tashkilotlarining konlaridagi quduqlarga olib boradigan qidiruv, ishlatish, ta’mirlash ishlarini olib borishda sifatli xizmat ko‘rsatadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ushbu tashkilotlar tomonidan jamiyatga buyurtmalar qabul qilinib ro‘yxatga olinib, rahbariyat tomonidan to‘liq o‘rganib chiqiladi va tegishli xodim va bo‘limlarga yo‘naltiriladi. Yo‘naltirilgan buyurtmalar dispetcherlik xizmati, saroy boshlig‘i, tegishli xodimlar tomonidan buyurtma asosida so‘ralgan maxsus tamponaj texnikalar va avtotransport vosilalari soz holda burg‘ulash maydoniga jo‘natish uchun kerakli yo‘riqnomalar bilan tanishtiriladi va yo‘l varaqalari beriladi. Yo‘l varaqasi oladigan haydovchi hamda motorist – haydovchilarning sog‘ligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rik tekshiruvidan o‘tkaziladi va texnikalar chiqish oldi nazorat o‘tkazish punktiga kelib tegishli tekshiruvdan o‘tadi.
Yillar davomida korxonani modernizatsiya qilish, yangi texnika texnologiyalar olib kirish, sementlash ishlarini sifatli olib borish ishlari amalga oshirildi va kelgusida jamiyatda yangi maxsus tamponaj texnikalarini olishda amaliy ishlar olib borilmoqda:
- 2002 yilda AQSH da ishlab chiqarilgan SS-952 Kenvord agregati;
- 2008 yilda Xitoyda ishlab chiqarilgan Belfang-bench agregati;
- 2009 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan Ural SA-320 agregati;
- 2012 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan Ural avtotsisterna;
- 2009-2011 yillarda ishlab chiqarilgan MIDIBUS NP21 avtobuslari;
- ISUZI SAZ NQR71PL yuk tashuvchi avtotransportlar;
- 2013 yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan MAN 96.280 rusumli suv tashish uchun muljallangan avtotsisserna;
- 2013 yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan MAN 280 rusumli avtokran;
- 2013 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan Ural-48531 rusumli 2BM-70 maxsus tamponaj texnikasi;
- 2013 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan Ural-32551-0013-61 rusumli SKPS maxsus tamponaj texnikasi.